BEZAF — Comfort in every detail

Mebel buyurtmalarini bitta ilovada boshqaring

O'lchovdan o'rnatishgacha: mijozlar, bosqichlar, jamoa, to'lovlar va hujjatlar — daftar va Excel'siz.

Ro'yxatdan o'tish shart emas · Telefon va kompyuterda ishlaydi

BEZAF ilovasi: bosh sahifa, buyurtmalar bosqichlari va yaqin muddatlar BEZAF ilovasi (qorong'i rejim): bosh sahifa

Buyurtma bergansizmi?

Mebelingiz qaysi bosqichda ekanini telefon raqamingiz orqali ko'ring — parol kerak emas.

Buyurtmamni ko'rish

Imkoniyatlar

Mebelchiga kerak bo'lgan hamma narsa

Buyurtmalar va bosqichlar

O'lchovdan topshirishgacha 8 bosqich. Har bir buyurtma qayerda turgani bir qarashda ko'rinadi.

Mijozlar bazasi

Telefon, manzil, buyurtmalar tarixi va qarzdorlik — bitta kartada.

To'lovlar va foyda

Avans, qoldiq, xarajatlar. Har bir buyurtmaning sof foydasi avtomatik hisoblanadi.

Jamoa va vazifalar

Usta, o'lchovchi, montajchi, haydovchi. Vazifa biriktiring va bajarilishini kuzating.

Hujjatlar bir bosishda

Shartnoma, tijorat taklifi, smeta, dalolatnoma — o'zbek tilida, chop etishga tayyor.

Mebel kalkulyatorlari

Kupe eshiklari, kromka, LDSP listlar, petlyalar, LED blok, stoleshnitsa va boshqalar.

Qanday ishlaydi

Uch qadamda boshlang

  1. 1

    Ustaxonani kiriting

    Nomi, telefon va rekvizitlar — hujjatlarga o'zi tushadi.

  2. 2

    Buyurtma qo'shing

    Mijoz, narx, muddat va manzil. Kerak bo'lsa smeta qatorlari.

  3. 3

    Bosqichma-bosqich yuriting

    To'lov va xarajatlarni yozing — foyda va qarz o'zi hisoblanadi.

Savollar

Ko'p beriladigan savollar

Mijozim buyurtmasini qanday kuzatadi?

Mijoz bezaf.uz saytida «Buyurtmam» bo'limiga kirib, telefon raqamini yozadi va SMS'da kelgan kodni kiritadi. Siz buyurtmaga yozgan raqam bo'yicha uning barcha buyurtmalari va bosqichlari ochiladi. Parol kerak emas.

Bu bepulmi?

Ha, hozir barcha imkoniyatlar bepul.

Ma'lumotlarim qayerda saqlanadi?

Hozircha faqat sizning qurilmangizda (brauzerda). Sozlamalarda bir bosishda zaxira nusxa olib, boshqa qurilmada tiklashingiz mumkin.

Telefonga qanday o'rnataman?

Android (Chrome): menyu → «Bosh ekranga qo'shish». iPhone (Safari): «Ulashish» → «Bosh ekranga».

Internet kerakmi?

Bir marta ochilgandan keyin internetsiz ham ishlaydi.

Daftarni yoping — buyurtmalarni ilovada yuriting

Bepul boshlash